BETA
Asosiy Mahsulotlar Biz haqimizda Sayt haqida Aloqa +998 97 491 77 70
Asosiy/Biz haqimizda
Biz haqimizda

«IHLAS ELEKTRIK» MChJ — MONO LED brendi

MONO LED — «IHLAS ELEKTRIK» MChJ ning tovar belgisi bo'lib, MONO Group kompaniyasining ajralmas bir bo'lagi hisoblanadi.

2017

Asos solingan

«IHLAS ELEKTRIK» MChJ tashkil etildi va ikki yillik izlanishlar boshlandi.

2019

MONO LED brendi

Mahsulotlar mahalliy bozorga MONO LED brendi ostida taqdim etila boshlandi.

2023

1 000 000+ mahsulot

Yillik ishlab chiqarish quvvati bir million donadan oshdi. 100 ga yaqin xodim ish bilan ta'minlandi.

Kompaniya haqida

Bizning yondashuvimiz

MONO LED brendi eng so'nggi texnologiyalar asosida zamonning talabi bo'lmish svetodiodli yoritgichlarni sizga taklif qiladi. Bizning mahsulotlarimiz bilan siz turar-joy, jamoat binolari, sanoat va tashqi loyihalarda texnik yoritish ehtiyojlaringizni qondirishingiz mumkin.

Biz o'z mahsulotlarimizni doimiy tarzda rivojlantirib, yangilab boramiz. Ichki va tashqi yoritish tizimlari, yuqori va past kuchlanishlarga bardosh beruvchi, namgarchilik darajasi baland yer osti va usti geografik joylashuvlarga va iqlimga chidamli mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Biz bilan sifatning yangi darajasini kashf qiling. MONO LED — yuqori sifat, uzoq muddatli xizmat va ko'zga zararsiz yorug'lik.

Kafolat va sifat nazorati. «IHLAS ELEKTRIK» MChJ o'z mahsulotlarining sifat darajasini kafolatlaydi. Barcha mahsulotlar ishlash vaqti kafolatidan oldin o'z faoliyatini to'xtatsa, yangisiga almashtirib beriladi. Har bir partiya ombordan chiqishdan oldin laboratoriyada sinovdan o'tadi.
0+
Mahsulot / yiliga
0+
Xodimlar
0
Katalog pozitsiyasi
0 yil
Kafolat
0+
Soat xizmat
0 Lm/W
Yorug'lik unumdorligi
Integratsiyalashgan tizim

Har bir qismda oldinda

Har bir mahsulotga eng ilg'or LED manbalari, sifatli drayver texnologiyalari, qulay dizayn va ishonchli qoplamalarni birlashtirgan keng qamrovli muhandislik yechimi.

Ilg'or LED texnologiyasi

Eng yaxshi materiallardan tayyorlangan, o'z laboratoriyalarimizda mutaxassislar tomonidan tekshirilgan yuqori sifatli svetodiodlar. 30 000 soatdan ortiq xizmat kafolatlangan.

Ishonchli va optimallashtirilgan drayverlar

Yuqori samaradorlik standartlarimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan drayverlar uzoq muddatli xizmatni kafolatlaydi. AC85–265V oralig'ida barqaror ishlaydi.

Qulay dizayn va sifatli qoplamalar

IP54, IP62, IP65 va IP66 sifat darajasi changli, yomg'irli ob-havolarda hamda namgarchiligi yuqori yer osti konlarida doimiy xizmatni ta'minlaydi.

Hamkorlarimiz

O'zbekiston bo'ylab savdo shoxobchalari

Do'konlar, pudratchilar va korxonalar ehtiyojini tezkor yopamiz. Hamkorlik shartlari bo'yicha biz bilan bog'laning.

Sifatni o'z ko'zingiz bilan ko'ring